The site is running testing mode

Single contact number (+998) 71 2000036; Helpline (+998) 71 2335623

Botanika bog‘idagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot

Bugun, 16 may kuni soat 11:55 da Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Botanika bog‘ining orqa tomonidagi chiqindixonada, qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yong‘in sodir bo‘lgan. 
Yong‘inni o‘chirish uchun Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib kelgan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olingan. 
Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Botanika bog‘ning kolleksiya fondiga zarar yetmagan.


×